ISTIQBOLLI KADRLAR ASSESSMENTI - shaxsiy va kasbiy kompetensiyalarni baholash IT-platformasi

ASSESSMENT platforma orqali:

O`z salohiyatingizdagi kuchli va rivojlantirishingiz lozim bo`lgan jihatlaringizni bilib olasiz;

Qobiliyatlaringiz yo`nalishini aniqlaysiz;

Shaxsiy psixoportretingizni shakllantira olasiz;

Karyerangizda muvaffaqiyatga erishishingiz uchun aynan qaysi bilim va ko`nikmani o`zlashtirish zarurligini xususida ma`lumotga ega bo`lasiz;

Platforma imkoniyatlari
Soft skills assessment
Boshqaruvga zarur asosiy kompetensiyalarni (soft skills) aniqlash testi
Hard skills assessment
Sohaviy bilimlar (hard skills) darajasini aniqlash testi
Psixologik portret
Inson shaxsiy xususiyatlarining batafsil tavsifi
Proforientatsiya testi
Kasbga yo`naltirish testi
Platformadan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma
1-Qadam
Ro‘yxatdan o‘tish

One ID tizimi orqali avtorizatsiyadan o‘tiladi.

Shaxsiy kabinet ma’lumotlari avtomatik tarzda shakllanadi.

2-Qadam
Diagnostika

Kerakli test turi tanlanib sinovdan o‘tiladi.

Sinovda qatnashish yoki sinovni boshlash uchun to‘lovni amalga oshirish imkoniyatlari taqdim etiladi.

3-Qadam
Natijalar

Sinov yakuniy natijalari avtomatik tarzda darhol shakllanadi.

Natijalarni “pdf” formatida yuklab olish mumkin bo‘ladi.

Assessmentning afzalliklari

Test - bilim, ko'nikma va malakalarni baholash, shuningdek, turli kompetensiyalar rivojlanish darajasini aniqlashning asosiy usullaridan biridir. Albatta, bu usul manzilli ravishda shaxsga o'zining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlashga hamda samarali rivojlantirishga yordam beradi.

Brain icon
Avtomatlashtirilgan
Platforma hech qanday qiyinchiliklarsiz tizimga kirish, sinovdan o`tish va natijalarni ko’rish imkoniyatini beradi.
Oddiy
Boshqa platformalardan farqli o'laroq, test sinovlari eng oddiy va sodda tarzda shakllantirilgan.
Ishonchli
Har bir test sinovlari ijtimoiy tadqiqotlar orqali amaliyotda tasdiqlashdan o`tkazilgan.
Qulay
Testlar orqali baholash murakkab emas va ular ko'p vaqt yoki kimningdir yordamini talab etmaydi.